Biz giyohvandlikka qarshimiz!
0 ko'rildi

Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2- bosqich 41-25-guruh talabalari tomonidan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida videorolik tayyorlandi.
Mazkur videorolik orqali yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash hamda ularda mustahkam hayotiy pozitsiyani shakllantirish maqsad qilingan.
Zero, sog‘lom avlod — yurt kelajagi, yoshlarning farovon hayoti esa jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.
Biz sog‘lom hayot tarafdorimiz! Giyohvandlikka qarshimiz!


