Asosiy mazmunga o'tish

“El-yurt umidi” — yuksak maqsadlar sari muhim qadam!

0 ko'rildi
“El-yurt umidi” — yuksak maqsadlar sari muhim qadam!

Sirdaryo viloyatida “El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari qatnashdilar.

Uchrashuvda jamg‘arma faoliyati, xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari hamda xalqaro ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, xorijda ta’lim olish orqali kasbiy malakasini oshirish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv talabalarning xalqaro ta’lim imkoniyatlari haqidagi xabardorligini oshirish hamda kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatini rejalashtirishga xizmat qildi.

“El-yurt umidi” — yuksak maqsadlar sari muhim qadam! — 2“El-yurt umidi” — yuksak maqsadlar sari muhim qadam! — 3“El-yurt umidi” — yuksak maqsadlar sari muhim qadam! — 4“El-yurt umidi” — yuksak maqsadlar sari muhim qadam! — 5

Shu mavzuda