Chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili bo‘yicha olimpiada o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-avgustdagi 321-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat pedagogika institutida chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili bo‘yicha Respublika olimpiadasining institut bosqichi o‘tkazildi.
Olimpiada ishtirokchilarining tinglab va o‘qib tushunish ko‘nikmalari, leksik-grammatik bilimlari hamda yozma nutq savodxonligi baholandi. Shuningdek, ularning O‘zbekiston tarixi, madaniyati va adabiyotiga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:🥇-o‘rin — Irgasheva Zera Baxtiyarovna
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi 2-bosqich, 9-25 M-JM guruhi magistranti.🥈-o‘rin — Ergasheva Shahzoda Nurulloyevna
Pedagogika mutaxassisligi 1-bosqich magistranti.🥉-o‘rin — Uzakova Etibor
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich, 11-24 BT guruhi talabasi.
Olimpiadada yuqori natijalarni qayd etgan g‘oliblar Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.






