Teatr — ma’naviyat va tarbiya maskani
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti talabalari Teatr kuni doirasida Sirdaryo viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar Chingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan “Sarviqomat dilbarim” spektaklini tomosha qildilar.Teatr san’ati yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, badiiy tafakkuri va nutq madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, insoniy qadriyatlarni chuqur anglashida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur madaniy tashrif talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ma’naviy kamolotini yuksaltirishga xizmat qildi.






