Umumta’lim maktabi bilan hamkorlik doirasida amaliy tadbirlar davom etmoqda
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Boyovut tumanidagi
32-umumta’lim maktabida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. O‘qituvchilarga uslubiy ko‘mak berish, o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, maktab o‘quvchilariga sport jihozlari sovg‘a qilindi.




