Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati v xalqaro “Ipak yo‘li” konferensiyasida ishtirok etmoqda

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida V Xalqaro “Ipak yo‘li” konferensiyalari — SIRCON 2026 doirasidagi xalqaro anjumanlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Turkiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, olimlar va soha mutaxassislari qatorida Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati ham ishtirok etmoqda.
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari raqamli transformatsiya, barqaror rivojlanish, madaniy meros hamda ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish kabi bugungi oliy ta’lim taraqqiyoti uchun dolzarb masalalarni qamrab oladi.🤝Xalqaro anjuman doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, shuningdek, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Guliston davlat pedagogika instituti vakillarining mazkur xalqaro konferensiyadagi ishtiroki institutning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ta’lim hamda ilm-fan sohasidagi xalqaro integratsiyani rivojlantirishga xizmat qiladi.










