Hayotga umid ulashgan ezgu tashabbus
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasida ishtirok etdi.
Donorlik — begona inson taqdiriga befarq bo‘lmaslikning amaliy ifodasidir. Bugun berilgan yordam ertaga kimningdir farzandi, ota-onasi yoki yaqiniga hayot bag‘ishlashi mumkin.
Fakultet vakillari ushbu ezgu tashabbusga qo‘shilib, inson hayotini asrash yo‘lida birdamlik namunasini ko‘rsatdi.









