Talabalar ichki ishlar muzeyi faoliyati bilan tanishdi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutining Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Ichki ishlar muzeyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalar muzey ekspozitsiyalarini ko‘zdan kechirib, ichki ishlar organlarining shakllanishi, faoliyati hamda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlashdagi o‘rni haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Mazkur tashrif talabalarning soha haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va o‘quv jarayonida olgan bilimlarini amaliy kuzatuvlar bilan boyitishga xizmat qildi.











