Guliston davlat pedagogika institutida “Karyera klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
2 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika institutida talabalarning kasbiy rivoji va bandligini ta’minlashga qaratilgan “Karyera klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi!
Mazkur klub doirasida talabalar uchun Careercentre.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish, bo‘sh ish o‘rinlarini topish, rezyume tayyorlash va ish beruvchilar bilan samarali muloqot qilish bo‘yicha amaliy seminar-treninglar tashkil etildi.
Seminarlar davomida talabalar zamonaviy mehnat bozori talablari, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topish imkoniyatlari hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.