Talabalar e’tiborda: ijara xonadonlarida xavfsizlik va qulaylik oʻrganildi.
0 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika instituti “Boshlangʻich ta’lim metodikasi” kafedrasi tomonidan ijarada istiqomat qilayotgan talabalar xonadonlarining holati oʻrganildi.
O‘rganish jarayonida talabalarning yashash sharoitlari, isitish tizimlarining holati hamda kundalik hayotda xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mavsumiy sovuqlar munosabati bilan gaz, elektr va isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in va texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Mazkur o‘rganishlar talabalarning xavfsiz va barqaror turmushini ta’minlash, ularning salomatligini muhofaza qilish hamda institutda yoshlar masalalariga bo‘lgan doimiy e’tiborning amaliy ifodasi hisoblanadi.