Bilim va tafakkur makoni: geografiya darslarida zamonaviy yondashuv
0 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika institutida geografiya fanidan olib borilayotgan dars jarayonlari mazmun va metodik jihatdan zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida nazariy bilimlar amaliy misollar, xaritalar, tahliliy savollar va interaktiv usullar bilan boyitilib, talabalarning mantiqiy fikrlashi hamda tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda.
Dars jarayonlarida geografik jarayonlarni real hayot bilan bog‘lash, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi uzviy aloqani anglatish, talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa kelajak pedagoglarining fan bo‘yicha puxta bilimga ega, zamon talablariga mos mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.