Ma’naviyat va san’at uyg‘unligi: talabalar teatrda
0 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrining 50 yillik yubiley tantanasida faol ishtirok etdilar.
Mazkur san’at bayrami talabalarning estetik didini boyitish, milliy teatr an’analariga bo‘lgan hurmat va qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Tadbir davomida teatr ijodkorlarining yarim asrlik fidokorona mehnati, san’at orqali jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni e’tirof etildi.
Institut talabalari uchun bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish nafaqat san’atni his etish, balki kelajakda pedagog sifatida madaniy saviyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.