Kitob — tafakkur manbai, tahlil o‘sish mezoni
0 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika instituti Boshlangʻich tashkiloti tomonidan yoʻlga qoʻyilgan “Men oʻqigan kitob” loyihasi doirasida navbatdagi kitob tahlili tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda talabalar oʻzlari mutolaa qilgan asarlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar, asarning mazmuni, gʻoyaviy yoʻnalishi va hayotiy xulosalari atroflicha muhokama qilindi.
Loyiha talabalarda kitobxonlik madaniyatini mustahkamlash, mustaqil fikrlashni rivojlantirish hamda o‘qilgan asardan to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.