Asosiy mazmunga o'tish

Sehrli ertaklar og‘ushida Yangi yil: Guliston davlat pedagogika institutida bayram shukuhi

0 ko'rildi
Sehrli ertaklar og‘ushida Yangi yil: Guliston davlat pedagogika institutida bayram shukuhi

Guliston davlat pedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda "Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlang'ich ta'lim) " yo'nalishi 1-bosqich magistrantlari tomonidan yangi yil bayramiga bag'ishlangan qiziqarli va sehrli bayram tadbiri o'tkazildi.

Tadbir sehrli o'rmon ertagi bilan boshlanib, Qorbobo, Qorqiz, jajji bilimdon qizaloqlar va magistrantlar chiqishlari bilan ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi. Shuningdek bayram davomida tomoshabinlar bilan birgalikda quvnoq raqslar ijro etildi, Qorbobo sovg'alari ulashildi.

Ushbu bayramona ruh yil davomida barchangizga  hamroh bo'lishini tilab qolamiz. Yangi yilingiz muborak bo'lsin!

Shu mavzuda