Asosiy mazmunga o'tish

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori N.Ayaqulov va Ilmiy ishlar bo'yicha mutaxassis O.Saxobidinovalar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

202 ko'rildi

Guliston davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori N.Ayaqulov va Ilmiy ishlar bo'yicha mutaxassis O.Saxobidinovalar ishtirokida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-martdagi 48-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 24-mart sanasida faollar zalida "Bo'lajak olim", "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovlari va "Akademik harakatchanlik" dasturi boyicha targ'ibot  tadbiri tashkil etildi. 
Jumladan, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari (4.22 va 5. 22-guruhllar) hamda Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi (29.22 va 40.22-guruhlar) yo'nalish talabalari bilan davra suhbati o'tkazildi. Talaba yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va Start-up loyihalar tanloviga iqtidorli talaba yoshlarni jalb qilish maqsadida  batafsil ma'lumot berildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.

Ushbu tadbir boshqa yo'nalishlar kesimida davom etmoqda.....

Shu mavzuda