Asosiy mazmunga o'tish

Institut va mahalla hamkorligi amalda

0 ko'rildi
Institut va mahalla hamkorligi amalda

Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti mas’ullari Baxt mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan hamkorlikda hududdagi ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi.

O‘rganish davomida talabalarning yashash va ijtimoiy-maishiy sharoitlari, ijara xonadonlaridagi mavjud imkoniyatlar hamda xavfsizlik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning murojaat, taklif va muammolari tinglandi.

Aniqlangan masalalarni institut hamda mahalla hamkorligida hal etish, talabalarga zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Institut va mahalla hamkorligi amalda — 2Institut va mahalla hamkorligi amalda — 3

Shu mavzuda