Stipendiya, startap va tanlovlar — talabalar uchun muhim uchrashuv

Guliston davlat pedagogika institutida 1-bosqich talabalari ishtirokida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarni rivojlantirish, nomdor stipendiyalar va nufuzli tanlovlarda qatnashish imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etish, istiqbolli startap g‘oyalarni shakllantirish hamda loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga tayyorgarlik ko‘rish, talab etiladigan hujjatlarni shakllantirish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar taqdim etildi.
Seminarda “Ulug‘bek vorislari”, “Eng yaxshi kreativ g‘oya” kabi respublika tanlovlari, shuningdek, mahalliy va xalqaro ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.








