Mustaqillik men uchun…
0 ko'rildi

Bir xalqning eng katta baxti — o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, farzandlarining kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yishidir. Biz ana shunday baxtga muyassar bo‘lgan avlodmiz.
Ona tilimizda erkin so‘zlashimiz, ilm olishimiz, orzu va maqsadlarimiz sari dadil intilishimiz — Mustaqillik bergan bebaho imkoniyatdir.
Tillarni o‘qitish fakulteti talaba-qizlari #MustaqilYurt chellenjida ishtirok etib, Vatan va Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlarini izhor etdilar.
Siz ham o‘z fikringizni video orqali ifodalang va #MustaqilYurt xeshtegi ostida biz bilan baham ko‘ring! 🇺🇿


