Iqtidorli talaba-yoshlar bilan davra suhbati
Joriy yilning 23-may kuni GulDPI Madaniyat saroyida iqtidorli talaba-yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda GulDPI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Ayaqulov, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i U.Mamasharipov, ilmiy tadqiqot ishlari bo‘limi muhandisi O.Saxobidinova va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilariga qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni munosib taqdirlash maqsadida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda “Bo‘lajak olim”, “Mirzo Ulug‘bek vorislari”, "Start-up loyihalar " tanlovlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ma'lumot o‘rnida, tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan iqtidorli yoshlar maxsus 👉 (@vorislar_tanlovi_bot) orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
GulDPI axborot xizmati