Asosiy mazmunga o'tish

Psixologik seminar trening

145 ko'rildi

   Guliston davlat pedagogika instituti psixologi  Ummatkulova Nigora va Usmonova Hulkar tomonidan  jismoniy tarbiya yo‘nalishi 30-22-guruh talabalari ishtirokida “Guruhda sog’lom muhitni shakllantirish” mavzusida psixologik seminar trening bo‘lib o‘tdi.

  Psixologik trening mashg'uloti  davomida o‘quvchilar bilan ishlash,  sog'lom psixologik muhitni yaratish va ularni qo'llab-quvvatlash bo‘yicha qiziqarli o‘yinlar, testlar o‘tkazildi.

  Albatta, bu kabi psixologik treninglar har qanday vaziyatdan chiqa oladigan, kasbiy tayyorgarlikka ega, guruhda sog‘lom psixologik muhitni  yarata oluvchi malakali pedagoglarni tayyorlashda mahorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda