“IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida talaba-qizlarning axborot texnologiyalari va robototexnika sohalariga qiziqishini oshirish, ularning bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirokchilar “Axborot texnologiyalari” hamda “Mexatronika va robototexnika” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, saralangan talaba-qizlar keyingi bosqichda institut sharafini himoya qilish uchun tavsiya etildi.




