Talaba-qizlar uchun “Men qonunni bilaman” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba-qizlar ishtirokida “Men qonunni bilaman” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Gulhayo Rasulova talaba-qizlarga ularning huquq va burchlari, qonunchilikda belgilangan imkoniyatlar hamda yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
Davra suhbatida qonunni bilish talaba-qizlar uchun o‘z huquqlarini himoya qilish, mavjud imkoniyatlardan foydalanish va mas’uliyatli qarorlar qabul qilishning muhim asosi ekani ta’kidlandi.




