Mustahkam oila ongli qarordan boshlanadi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Oilaviy hayot saboqlari” kursi doirasida talaba-qizlar uchun “Nikoh tushunchasi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Guliston shahar FHDYO bo‘limi mudirasi Nargiza Normatova ma’ruza qildi. U nikohning mazmun-mohiyati, shar’iy va qonuniy nikoh, nikoh shartnomasi hamda oilaning muqaddasligi bilan bog‘liq masalalarni talaba-qizlarga batafsil tushuntirdi.
Mustahkam oila nikohga ongli qadam qo‘ygan, o‘z huquq va burchlarini biladigan hamda bir-biri oldidagi mas’uliyatni anglaydigan insonlar tomonidan barpo etilishi ta’kidlandi.








