Asosiy mazmunga o'tish

“Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi: bitiruvchilar bandligi va mehnat bozori ehtiyoji monitoringi natijalari

8 ko'rildi
“Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi: bitiruvchilar bandligi va mehnat bozori ehtiyoji monitoringi natijalari

Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi 60111200 – “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mehnat bozori monitoringi natijalarini e’lon qiladi.

Bitiruvchilar bandligi (2026-yil). 167 nafar bitiruvchidan 117 nafari (70,1 %) band: 53 nafari doimiy ishda, 43 nafari tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish bilan shug‘ullanmoqda, 13 nafari magistraturada o‘qishni davom ettirmoqda, 8 nafari xorijda. Mutaxassislik bo‘yicha (maktab o‘qituvchisi, sport maktabi treneri, MTT jismoniy tarbiya yo‘riqchisi) 27 nafar bitiruvchi ishlamoqda.

Ish beruvchilar ehtiyoji. Yangiyer va Guliston shahar, Sardoba tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari hamda Sirdaryo viloyati Sport boshqarmasining rasmiy xatlariga ko‘ra, yo‘nalish bitiruvchilariga 2027-yilda 58, 2028-yilda 62, 2029-yilda 75 va 2030-yilda 84 nafar ehtiyoj mavjud.

Ish beruvchilar takliflari. 2026-yil 26-oktabrda ish beruvchilar ishtirokida o‘tkazilgan kafedra yig‘ilishida maktab jismoniy tarbiyasini metodik rejalashtirish, o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini baholash, xavfsizlik, sport diagnostikasi va jarohatlarning oldini olish bo‘yicha kompetensiyalarni kuchaytirish taklif etildi.

Qabul qilingan choralar. Ish beruvchilar ehtiyojini har semestr yangilash, ishga joylashtirishga muhtoj bitiruvchilarni bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, “Sport diagnostikasi va raqamli monitoring” hamda “Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi metodikasi” tanlov fanlarini o‘quv rejaga kiritish taklifini tayyorlash, amaliyot bazalarini sport maktablari va MTTlar hisobiga kengaytirish belgilandi.

Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bitiruvchilari bandligi — infografika

Shu mavzuda