Kitob — bilim va tafakkur manbai
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 1-kurs talabalari tyutorlar hamrohligida Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tashrif davomida ular markaz faoliyati, adabiyotlar fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mutolaani kundalik odatga aylantirish, adabiyotlarni qiziqish va ta’lim yo‘nalishiga mos tanlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Kitob — bo‘lajak pedagogning bilimini boyitadigan, tafakkurini charxlaydigan va kasbiy salohiyatini yuksaltiradigan muhim poydevordir.






