Tarixiy xotira — avlodlar uchun saboq
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalar muzey ekspozitsiyalari orqali qatag‘on davrining fojiali voqealari, millat taraqqiyoti va ma’rifati yo‘lida xizmat qilgan ajdodlarimizning hayoti hamda faoliyati bilan tanishdi. Qatag‘on siyosatining ayanchli oqibatlari, uning xalqimiz taqdiri va ma’naviy hayotida qoldirgan izlari haqida ma’lumot oldi.
Tarixni anglash — bugungi tinchlik va erkinlikning qadriga yetish, kelajak oldidagi mas’uliyatni his etishdir.






