Mening bo‘lajak kasbim mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
195 ko'rildi
Joriy yilning 8-may kuni Guliston davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sardoba tumanidagi 21-sonli Matematikaga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida Mening bo‘lajak kasbim mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur ucharashuvda maktab bitiruvchilariga Guliston davlat pedagogika institutining faoliyati va ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning institut haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun bukletlar tarqatildi.
Uchrashuv so‘ngida maktab bitiruvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
📥GulDPI axborot xizmati