Z.Nuraliyevaning diktant yozish mavzusida ochiq dars tashkillashtirildi.
243 ko'rildi
2023-yilning 8-may kuni Guliston davlat pedagogika instituti ijtimoiy - gumanitar va san'atshunoslik kafedrasi o'qituvchisi Z.Nuraliyevaning diktant yozish (melodik bir, ikki ovozli diktant, garmonik- intervalli yoki akkordli diktant, ritmik diktant, og‘zaki diktant ) mavzusida ochiq darsi bo‘lib o'tdi.
“Musiqa nazariyasi” fanidan o‘tkazilgan ushbu ochiq darsda musiqa ta'lim yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdi.
Noan'anaviy tarzda o‘tkazilgan ochiq dars talabalarda katta taassurot qoldirdi.
📥GulDPI axborot xizmati
>