Keksalarimiz e'zozda.
9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti ma’naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Boyjigitov hamda Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yoshlar kengashi va fakultet koordinatorlari bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Pirmatov Bektursin ota xonadoniga tashrif buyurdi.
97 yoshni qarshilagan Bektursin ota bugun Guliston shahar Muqumiy mahallasida istiqomat qiladi, farzandlari,nevara va chevaralar ardog’ida yashamoqda.
Uchrashuv davomida urush va mehnat fahriysi ikkinchi jahon urushi yillaridagi achchiq xotiralar haqida gapirdi. Shu bilan birga bugungi tinch va ozod zamonning qadriga yetish hammaning burchi ekanligini ta’kidladi.
📥GulDPI axborot xizmati