Milliylik - millat ko’rki
209 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan “Milliylik - millat ko’rki” nomli badiiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institutning professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. O‘zbek milliy liboslari betakrorligi, go‘zalligi, nafis matolari atlasu adraslari bilan alohida ajralib turadi.
Tadbirda ishtirokchilar milliy liboslar, kuy va qo‘shiqlar hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega sahna ko‘rinishlari bilan iqtidorlarini namoyon etdi.
O‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga hurmat, milliylik uyg’unlashgan zamonaviy liboslarimizni targ’ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
GulDPI axborot xizmati