Konferensiya
Guliston davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida” gi O‘RQ-829-son Qonuni mazmun-mohiyatini targ’ib etish, Qonun ijrosini hamkorlikda amalga oshirishga bag’ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumalararo sudi raisi K.Namozov, VIIB JXX XPB boshlig’ining o‘rinbosari podpolkovnik G.Mirzabekova, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi D.Umurzoqova, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat huquq inspektori V.Qudratov va Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi psixologi F.Nazarova, GulDPI 1-prorektori B.Tagayev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Konferensiyada ishtirok etgan ma'ruzachilar ushbu Qonun mazmun-mohiyati ya'ni xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari, hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr qimmati, qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilinishi yuzasidan talabalarga atroflicha ma’lumot va tushuntirishlar berdi. Mavzuga doir videorolik namoyish etildi.
Shuningdek, Qonunda jamoat joylarida voyaga yetmaganlarga nisbatan nojoʻya harakatlarni sodir etish, zoʻravonlik, shilqimlik harakatlari va boshqa salbiy holatlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
GulDPI axborot xizmati