She’riyat shaydolari
199 ko'rildi
Joriy yilning 17-may kuni Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yoshlar Kengashi va fakultet koordinatorlari tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “She’riyat shaydolari” nomli tanlov o‘tkazildi.
Tanlov talabalarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, iqtidorlarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, intelektual qobiliyatlarini shakllantirish hamda ijodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan.
Ishtirokchilar orasida she’riyatga qiziquvchi talabalar bahru bayt shartida o‘zaro bellashdilar. Shu bilan birga musiqaga oshno yoshlar sevimli san’atkorlari ijodidan na’munalar ijro etishdi.
Tanlov g’oliblariga sertifikat va esdalik sovg’alari topshirildi.
GulDPI axborot xizmati