Asosiy mazmunga o'tish

Ochiq eshiklar kuni

160 ko'rildi

         2023-yilning 18-may kuni Guliston davlat pedagogika instituti Akademik litseyida  “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.  Mazkur tadbirda viloyatimizda joylashgan umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari va  9-sinf bitiruvchilari ishtirok etdi. GulDPI Akademik litseyi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Maxmudov   akademik litseyning 2023-2024-o‘quv yili qabuli to‘g’risida  ma’lumotlar berdi.  Ya’ni, akademik litseyga qabul qilingan o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati,  to‘garak va mashg’ulotlar bilan tanishtirdi.

       Eslatib o‘tamiz, GulDPI Akademik litseyining  malakali o‘qituvchilari iqtidorli va isteʼdodli oʻquvchilarni  o‘qitish bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalariga ham tayyorlab kelmoqda.

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda