Asosiy mazmunga o'tish

Mustaqillik fidoyilari — yoshlarga ibrat

0 ko'rildi
Mustaqillik fidoyilari — yoshlarga ibrat

Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida guruh tyutori F. Nazarova tashabbusi bilan Pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida “Mustaqillik fidoyilari — yoshlarga ibrat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni sohibalari D. Djabbrova va N. Misirovalar ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda mustaqillik yillarida yurt taraqqiyoti va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizning faoliyati, hayotiy tajribasi hamda yoshlar tarbiyasidagi ibratli jihatlar xususida so‘z yuritildi.

Mehmonlar o‘z hayotiy va kasbiy tajribalari misolida Vatanga sadoqat, fidoyilik, mas’uliyat va milliy qadriyatlarga hurmat borasida fikr bildirdilar. Tadbir talabalar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar asosida davom etdi.

Mustaqillik fidoyilari — yoshlarga ibrat — 2Mustaqillik fidoyilari — yoshlarga ibrat — 3

Shu mavzuda