Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan mini futbol musobaqasi yakunlandi
0 ko'rildi

Guliston davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda 20-sentabr — Xalqaro universitet sporti kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan sport musobaqalari doirasida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.
Murosasiz va qiziqarli bahslarga boy kechgan musobaqada jamoalar g‘oliblik uchun maydonga tushib, o‘zaro kuch sinashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇-o‘rin — Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi;
🥈-o‘rin — O‘quv-uslubiy boshqarma;
🥉-o‘rin — Xo‘jalik xodimlari jamoasiga nasib etdi.









