Pedagogika fakultetida voleybol musobaqasi o‘tkazildi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G. Qurbanova, Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari hamda guruh tyutori F. T. Nazarovalar tomonidan Pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich talabalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga qaratildi.Bellashuvlar davomida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, g‘oliblik uchun bahs olib bordilar. Musobaqa qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarga boy bo‘ldi.






