Asosiy mazmunga o'tish

“Oilaviy hayot saboqlari” kursi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

0 ko'rildi
“Oilaviy hayot saboqlari” kursi doirasida davra suhbati o‘tkazildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Oilaviy hayot saboqlari” kursi doirasida “Oila farovonligi — jamiyat taraqqiyoti asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi mutaxassisi Gulhayo Rasulova, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Misirova, fakultetlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida oilaviy munosabatlar, huquqiy savodxonlik hamda mustahkam oila barpo etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

“Oilaviy hayot saboqlari” kursi doirasida davra suhbati o‘tkazildi — 2“Oilaviy hayot saboqlari” kursi doirasida davra suhbati o‘tkazildi — 3

Shu mavzuda