Asosiy mazmunga o'tish

“Yosh psixologlar” klubi o‘z faoliyatini boshladi

0 ko'rildi
“Yosh psixologlar” klubi o‘z faoliyatini boshladi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida talabalarning psixologik bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan “Yosh psixologlar” klubi o‘z faoliyatini boshladi.

Klub doirasida talabalar uchun:

✅amaliy va interaktiv psixologik treninglar;
✅ bilim va tajribani oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar;
✅ notiqlik hamda jamoat oldida erkin fikr bildirish bo‘yicha tadbirlar;
✅ psixologik loyihalar va uchrashuvlar tashkil etiladi.

Shuningdek, klub a’zolari fakultetlarda psixolog-koordinator sifatida faoliyat yuritish, jamoada ishlash va yangi tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Klubga psixologiya sohasiga qiziqadigan 1-kurs va undan yuqori bosqich talabalar taklif etiladi.

☎️Murojaat uchun:

👤Institut psixologi:
Xudoyqulova Madina
📞91 503 67 57

👤Xotin-qizlar psixologi: Egamberdiyeva Shoxsanam
📞 90 107 47 00

📌Manzil: B-bino 405-xona

Shu mavzuda