Ona tiliga ehtirom — diktantlar tanlovida bilimlar sinovdan o‘tkazildi!
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 37 yilligi munosabati bilan “Ona tilim – o‘zbek tili” mavzusida diktantlar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda institut talabalari hamda Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiyaning muddatli harbiy xizmatchilari faol ishtirok etib, ona tilimizga bo‘lgan hurmat, bilim va yozma savodxonliklarini namoyon etdilar.
Mazkur tanlov nafaqat imlo qoidalarini bilish, balki milliy o‘zlikni anglash, davlat tiliga sadoqat va ma’naviy qadriyatlarga hurmatni namoyon etish maydoniga aylandi.
Zero, ona tilini bilish — millatni anglash, uni e’zozlash esa milliy g‘urur ifodasidir!










