Asosiy mazmunga o'tish

Ona tilim — millatim faxri!

0 ko'rildi
Ona tilim — millatim faxri!

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakultetida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi katta o‘qituvchisi Karimov Yo‘ldosh Ergashevich ishtirok etib, o‘zbek tilining milliy o‘zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuv davomida ona tilimizning boy tarixi, betakror jozibasi, uning sofligini saqlash, nutq madaniyati va yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy merosimiz va bebaho boyligimiz! 🇺🇿

Ona tilim — millatim faxri! — 2Ona tilim — millatim faxri! — 3Ona tilim — millatim faxri! — 4Ona tilim — millatim faxri! — 5Ona tilim — millatim faxri! — 6Ona tilim — millatim faxri! — 7

Shu mavzuda