Tarix — o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik!
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 7-25-guruh talabalari Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga ma’rifiy tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar Sirdaryo viloyatining boy tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari hamda ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ekspozitsiyalari orqali yurtimizning o‘tmishi, xalqimizning boy ma’naviy merosi va tarixiy taraqqiyoti haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tarixini anglagan avlod — kelajagini ishonch bilan bunyod etadi!








