Asosiy mazmunga o'tish

Pedagogik amaliyot — kasbiy tayyorgarlikning muhim bosqichi

0 ko'rildi
Pedagogik amaliyot — kasbiy tayyorgarlikning muhim bosqichi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti talabalari Guliston shahridagi bir qator umumta’lim maktablarida pedagogik amaliyot o‘tamoqda. Ular dars jarayonlarida ishtirok etib, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash va o‘qituvchilik faoliyati bo‘yicha tajriba orttirish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Amaliyot davomida talabalar darslarni tashkil etish, o‘quvchilar bilan ishlash va zamonaviy ta’lim usullaridan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Shuningdek, ular maktab jamoasi bilan hamkorlikda berilgan vazifalarni bajarib, kasbiy mas’uliyat va mustaqil ishlash tajribasini oshiradi.

Mazkur amaliyot institutda olgan bilimlarini real ta’lim jarayonida sinab ko‘rish hamda kelgusidagi pedagogik faoliyatga tayyorlanishda muhim o‘rin tutadi.

Pedagogik amaliyot — kasbiy tayyorgarlikning muhim bosqichi — 2Pedagogik amaliyot — kasbiy tayyorgarlikning muhim bosqichi — 3Pedagogik amaliyot — kasbiy tayyorgarlikning muhim bosqichi — 4Pedagogik amaliyot — kasbiy tayyorgarlikning muhim bosqichi — 5

Shu mavzuda