Qatag‘on qurbonlari xotirasi va tarixiy adolat
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar qatag‘on siyosatining ayanchli oqibatlari, milliy ziyolilarning ta’qib etilishi hamda ularning ilm-fan, adabiyot va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi ekspozitsiyalar bilan tanishdilar. Tarixiy hujjatlar va eksponatlar orqali qatag‘onning inson taqdiri va jamiyat taraqqiyotiga yetkazgan zarari haqida ma’lumot oldilar.
Mazkur tashrif bo‘lajak pedagoglarning tarixiy jarayonlarga ongli munosabatini shakllantirish, qatag‘on qurbonlari xotirasiga hurmatini mustahkamlash hamda yosh avlodga tarixiy haqiqatni yetkazish mas’uliyatini oshirishga xizmat qildi.








