“Qizlarjon” klubining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Qizlarjon” klubining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda klub faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda talaba-qizlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, klub doirasida tashkil etiladigan uchrashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar hamda turli tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.



