Asosiy mazmunga o'tish

“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo bosqichi o‘tkaziladi.

0 ko'rildi
“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo bosqichi o‘tkaziladi.

🤩2026-yil 23–24-oktabr kunlari Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Tanlov shartlari:

• Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar — milliy urf-odatlarni sahna ko‘rinishi orqali namoyish etish;
• Kompozitsion musiqiy chiqishlar — milliy kuy, qo‘shiq va raqslar ijrosi;
• Jadidlar jasorati — millatimiz faxri — jadidlar hayoti va faoliyatiga oid bilimlarni namoyish etish.

📌Manzil: A bino, 230-xona.

Barchangizni tanlovga taklif etamiz! Milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu tadbirda faol ishtirok eting.

Shu mavzuda