“Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyatini davom ettirmoqda
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida “Qalqon” jamoatchilik guruhi jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish bo‘yicha o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Guruh a’zolari institut hududida xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashish, talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonunlarga hurmatni mustahkamlashga qaratilgan ishlarda ishtirok etadi.
“Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyatining asosiy maqsadi — ta’lim muassasasida jamoat tartibini saqlashga hissa qo‘shish va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.


