Talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar — ta’til davrida xorijda ishlash va tajriba orttirish!

🤩Guliston davlat pedagogika institutida Getwork xususiy bandlik agentligi vakillari ishtirokida talabalarning ta’til davrida xorijda ishlashi, xalqaro tajriba orttirishi va kasbiy salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Germaniya, Bolgariya, Xorvatiya, Latviya va boshqa Yevropa davlatlaridagi mavsumiy ish o‘rinlari, Work & Travel dasturlari hamda viza va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Talabalar ta’til vaqtida xorijda qonuniy mehnat qilish, amaliy tajriba orttirish va xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mazkur uchrashuv talabalarning ta’til davridan samarali foydalanishi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda xalqaro mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar haqida xabardorligini oshirishga qaratildi.








