Yoshlar huquqlari kafolatlari — huquqiy bilim va fuqarolik mas’uliyati asosi!
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutining Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 11-24-guruh talabalari ishtirokida “Yoshlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari kafolatlari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida yoshlarning ta’lim olish, mehnat qilish, ijtimoiy himoyalanish va madaniy hayotda ishtirok etish huquqlari, ularning qonunchilikda belgilangan kafolatlari hamda amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.
Mazkur mahorat darsi talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, o‘z huquq va majburiyatlarini chuqur anglash hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.




