Asosiy mazmunga o'tish

“Yosh kitobxon” tanlovida g‘oliblar aniqlandi!

0 ko'rildi
“Yosh kitobxon” tanlovida g‘oliblar aniqlandi!

🤩Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilim va intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda fakultetlar jamoalari “Men yoqtirgan asar” va “Eng kitobxon jamoa” shartlari asosida bellashib, badiiy adabiyot hamda jadid ajdodlarimiz hayoti va ijodiga oid bilimlarini namoyish etdi.

🏆Qizg‘in bilimlar bellashuvi yakunlariga ko‘ra:

🥇-o‘rin — Tillarni o‘qitish fakultetining “Hurriyat” jamoasi tanlov g‘olibiga aylandi.

🥈-o‘rin — Tillarni o‘qitish fakultetining “Ziyo” jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

🥉-o‘rin — Pedagogika fakultetining “Original” jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi.

Tanlov yoshlarning kitobxonlik salohiyati, teran tafakkuri va bilimga intilishini namoyon etgan muhim ma’rifiy tadbir bo‘ldi.

“Yosh kitobxon” tanlovida g‘oliblar aniqlandi! — 2“Yosh kitobxon” tanlovida g‘oliblar aniqlandi! — 3“Yosh kitobxon” tanlovida g‘oliblar aniqlandi! — 4“Yosh kitobxon” tanlovida g‘oliblar aniqlandi! — 5“Yosh kitobxon” tanlovida g‘oliblar aniqlandi! — 6“Yosh kitobxon” tanlovida g‘oliblar aniqlandi! — 7

Shu mavzuda