“Raqamlashtirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim drayveri” mavzusida viloyat IT Parkida uchrashuv tashkil qilindi.
IT PARKga sayohat
Joriy yilning 13-aprel kuni Guliston davlat pedagogika instituti talabalariga “Referendum - 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Raqamlashtirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim drayveri” mavzusida viloyat IT Parkida uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad –yosh mutaxassislarni oʻz kasbiy taqdirini oʻzi belgilashi, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi hamda IT sohasidagi ishlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tashkilot faoliyati bilan tanishishdir.
Talabalarga IT Parkdagi mavjud kurslar haqida va rezident-kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida so‘zlab berildi. Bunday amaliyotlar talabalarga kelajakda qaysi sohada o‘z kasbiy kompetensiyalarini ro‘yobga chiqarishlarini tushunish imkonini beradi.
Uchrashuv davomida talabalar IT sohasi bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.